«Yuventus»ning sobiq bosh murabbiyi Tiago Motta Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyligi taklifini qabul qilmadi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, 43 yoshli mutaxassis Italiya futbol federatsiyasi tomonidan milliy jamoa bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rib chiqilgan.
Federatsiya vakillari Motta bilan bog'lanib, unga rasmiy taklif bildirgan. Biroq Motta ushbu taklifni muloyimlik bilan rad etgan.
Shundan so'ng Italiya futbol federatsiyasi e'tiborini boshqa nomzodga qaratgan.
Avvalroq federatsiya Karlo Anchelotti hamda Pep Guardiolani ham milliy jamoa boshqaruviga jalb qilishga uringan edi. Biroq har ikki mutaxassis ham bu taklifni qabul qilmagan.