Live
15
O'zbek

Maldini: «Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyligi uchun Anchelotti va Gvardiola bilan bog‘landik»

Futbol
23 iyul, 09:49
FIGC direktori dunyoning eng kuchli mutaxassislari bilan muzokara o‘tkazilganini tasdiqladi.
Maldini: «Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyligi uchun Anchelotti va Gvardiola bilan bog‘landik»
Foto: Getty Images

Italiya futbol federatsiyasi (FIGC)ning yangi direktori Paolo Maldini milliy jamoa bosh murabbiyligi masalasida Karlo Anchelotti va Pep Gvardiola bilan aloqa o‘rnatilganini ma'lum qildi.

«Biz Karlo Anchelotti va Pep Gvardiola bilan bog‘landik. Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga ular qiziqish bildirishi mumkinmi yoki yo‘qligini aniqlash uchun dunyoning eng kuchli mutaxassislari bilan muloqotni boshlashni istadik», - dedi Maldini.

Hozircha federatsiya Anchelotti yoki Gvardiolaga rasmiy taklif yuborgani, shuningdek, muzokaralar qanday bosqichda ekani haqida qo‘shimcha ma'lumot bermagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
Bugungi yangiliklar