Pep Gvardiolaning Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylanish ehtimoli ancha past. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi asosiy muammo moliyaviy shartlarda yuzaga kelgan. Gvardiola yiliga 20 million yevro maosh talab qilayotgan bo‘lsa, Italiya futbol federatsiyasi unga ko‘pi bilan 10 million yevro taklif qilishga tayyor.
Bundan tashqari, ispaniyalik mutaxassis oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni istayotgani ham muzokaralarga ta'sir qilayotgan omillardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.
Agar Gvardiola bilan kelishuvga erishilmasa, Italiya futbol federatsiyasi bosh murabbiylik lavozimi uchun boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqadi. Ular orasida Antonio Konte, Andrea Pirlo va Roberto Manchini bor.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi