Bugun
30
O'zbek

Gvardiola Italiya futbol federatsiyasining taklifini rad etdi

Futbol
20 iyul, 15:06
Murabbiy federatsiya vakillari bilan 1 daqiqa davomida suhbatlashgan.
Gvardiola Italiya futbol federatsiyasining taklifini rad etdi
Фото: Getty Images

Ispaniyalik mutaxassis Pep Gvardiola Italiya futbol federatsiyasining taklifini rad etdi. Bu haqda jurnalist Gabriyele Markotti xabar berdi.

Manbaga ko'ra, murabbiy federatsiya vakillari bilan 1 daqiqa davomida suhbatlashgan. Muloqot vaqtida Gvardiola kamida bir yil davomida murabbiylik faoliyatidan tanaffus qilish niyati borligini ma'lum qilgan.

Shuningdek, so'nggi haftalarda ispaniyalik mutaxassisga boshqa milliy jamoalardan, jumladan Niderlandiyadan ham taklif bo'lgan.

Pep "Manchester Siti"ni 10 yil davomida boshqardi. Bu vaqt davomida olti bor APL chempionligi, uchta Angliya kubogi va Superkubogida, shuningdek, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibligini qo'lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
Bugungi yangiliklar