Argentinalik sobiq yarimhimoyachi Anxel Di Mariya milliy jamoa sardori Lionel Messiga murojaat qildi.
Musobaqa finalida argentinaliklar Ispaniyaga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi — 0:1.
«Argentinalik ekanliging uchun tashakkur. Bayrog‘imizni eng yuqoriga ko‘targaning uchun rahmat senga. Futbolchi sifatida ham, inson sifatida ham o‘rnak bo‘lganing uchun rahmat. Sen tarixdagi eng buyugisan. Sen abadiysan», – deb yozdi Di Mariya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Yakunlangan jahon chempionatida Messi 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Mundial davomida aynan Lionel birinchi bo‘lib to‘purarlar poygasida 20 talik dovonni bosib o‘tdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi