Ispaniya milliy jamoasi va «Barselona» klubi himoyachisi Erik Garsiya jahon chempionatidagi g‘alabadan keyingi maqsadi haqida gapirdi.
25 yoshli futbolchi JCH-2026da final doirasidagi Argentinaga qarshi o‘yinda (1:0) debyut qildi – u 99-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.
«Chempionlar Ligasidagi g‘alaba – bizning Yamal, Olmo, Pedri va Gavi bilan keyingi maqsadimiz», – dedi Erik Garsiya.
O‘tgan mavsum «Barselona» UYEFA Chempionlar Ligasidagi ishtirokini 1/4 finalda Madridning «Atletiko» klubiga imkoniyatni boy berib, yakunladi. La Ligada Xans-Diter Flik ishonchli tarzda chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi