Live
4
O'zbek

«Barselona» Lyaportni transfer qilmoqchi

Futbol
21 iyul, 10:00
«Atletik» himoyachisining tovon puli 15 million yevrodan kamni tashkil etadi.
«Barselona» Lyaportni transfer qilmoqchi
Foto: Getty Images

«Atletik» markaziy himoyachisi Emerik Lyaport faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin.

Diario SPORT xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi allaqachon futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan. Ushbu hafta tomonlar o‘rtasida muzokaralarning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tgan.

Manbaga ko‘ra, Laportning o‘zi ham «ko‘k-anorranglilar» safiga o‘tish variantiga ijobiy qaramoqda. Shuningdek, himoyachining shartnomasida belgilangan tovon puli 15 million yevrodan kam ekani qayd etilgan.

31 yoshli futbolchi 2025 yilda «An Nasr»dan 10 million yevro evaziga «Atletik» safiga kelib qo‘shilgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

Qayd etish joiz, 2025/26 yilgi mavsumda Laport Bilbao klubi safida barcha musobaqalarda 30 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Athletic Bilbao B Athletic Bilbao B
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar