Bugun
30
O'zbek

Yangilangan FIFA reytingida Oʻzbekiston milliy jamoasi 10 pogʻonaga pastladi

Futbol
20 iyul, 13:08
Umumiy reytingda Ispaniya yetakchilik qilmoqda.
Yangilangan FIFA reytingida Oʻzbekiston milliy jamoasi 10 pogʻonaga pastladi
Фото: ЎФА

FIFA milliy jamoalarning navbatdagi reytingini eʼlon qildi. Yangilangan roʻyxatda Oʻzbekiston 10 pogʻona pastlab, 60-oʻrindan joy oldi.

Fabio Kannavaro boshqaruvidagi jamoa hisobida ayni paytda 1409,73 reyting ochkosi mavjud.

Oʻzbekiston soʻnggi yangilanishda 23,11 ochko yoʻqotgan. Bunga milliy jamoaning JCh-2026dagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki asosiy sabab boʻldi.

Osiyo jamoalari orasida Yaponiya 17-oʻrin bilan yetakchilikni saqlab qoldi. Keyingi oʻrinlarni Eron (22), Avstraliya (28) va Janubiy Koreya (32) egallagan. Oʻzbekiston 60-oʻrin bilan qitʼa reytingida yettinchi boʻlib turibdi.

Jahon chempionatida gʻolib boʻlgan Ispaniya 1995,88 ochko bilan FIFA reytingida birinchi oʻringa koʻtarildi. Avvalgi peshqadam Argentina ikkinchi, Fransiya uchinchi, Angliya toʻrtinchi va Braziliya beshinchi oʻrinni egalladi.

Yangilangan reytingning kuchli oʻn beshligiga, shuningdek, Marokash, Portugaliya, Belgiya, Niderlandiya, Meksika, Kolumbiya, Germaniya, Xorvatiya, Shveytsariya va Italiya ham kirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

60+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar