Ispaniya milliy jamoasi sardori Rodri mamlakat Bosh vaziri Pedro Sanches bilan uchrashuvda jahon chempionati-2026dagi muvaffaqiyat haqida fikrlarini bildirdi.
«Bu butkul o‘zgacha sovrin. O‘z mamlakating bilan sovrin yutish — yuz berishi mumkin bo‘lgan eng yoqimli holat. Futboldagi eng oliy mukofot. Baxtimizga, biz chinakamiga muammoga duch kelgan holatlar bo‘lmadi. O‘zim uchun final eng og‘ir o‘yin bo‘ldi. Bu jamoadagi avlod Kasilyas va Iniyesta kubokni ko‘targanini ko‘rib ulg‘aygan. Biz uchun bu futboldagi eng oliy sovrin. O‘ylashimcha, biz mundialni ajoyib o‘tkazdik. Argentinaga qarshi ham o‘ta ishonchli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsak ham, final eng qiyin o‘yin bo‘ldi», — deya Rodrining so‘zlaridan iqtibos keltirdi AS.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya tarixda ikkinchi bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Ilk bor jamoa 2010-yil bunday natijaga erishgan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi