Live
2
O'zbek

ESPN JCh-2026ning ramziy jamoasini e'lon qildi: Messi, Mbappe va Rodri tarkibdan joy oldi

Futbol
21 iyul, 05:30
Nufuzli nashr turnirning eng yaxshi 11 futbolchisini tanladi.
ESPN JCh-2026ning ramziy jamoasini e'lon qildi: Messi, Mbappe va Rodri tarkibdan joy oldi
Foto: Getty Images

ESPN JCh-2026 yakunlari bo‘yicha turnirning ramziy jamoasini e'lon qildi.

Unga jahon futbolining yulduzlari Lionel Messi, Kilian Mbappe, Erling Holand, Rodri va Jud Bellinghem qatorida mundialda yorqin o‘yin namoyish etgan boshqa futbolchilar ham kiritildi.

Ramziy jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon:

  • Vozinya (Kabo-Verde).

Himoyachilar:

  • Mark Kukurelya (Ispaniya);
  • Emerik Lyaport (Ispaniya);
  • Pau Kubarsi (Ispaniya);
  • Jed Spens (Angliya).

Yarimhimoyachilar:

  • Ayyub Buaddi (Marokash);
  • Rodri (Ispaniya);
  • Jud Bellinghem (Angliya).

Hujumchilar:

  • Lionel Messi (Argentina);
  • Kilian Mbappe (Fransiya);
  • Erling Holand (Norvegiya).

Qayd etish joiz, JCh-2026 chempioniga aylangan Ispaniya ushbu ramziy jamoadan to‘rt nafar futbolchi bilan eng ko‘p vakillikka ega bo‘ldi. Argentina sardori Lionel Messi esa jamoasi finalda mag‘lub bo‘lganiga qaramay, turnirdagi yorqin o‘yini sabab eng yaxshi futbolchilar qatoridan joy oldi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar