«Aston Villa»ning sobiq hujumchisi Gebriel Agbonlahor Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Leandro Paredesning JCH-2026 finalidan keyingi xatti-harakatlari haqida fikrini bildirib o‘tdi. Ushbu o‘yinda janubiy amerikaliklar Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Final hushtagidan so‘ng maydonda Paredes ishtirokida janjal kelib chiqdi. Avvaliga argentinalik futbolchi ispaniyaliklar himoyachisi Erik Garsiyani bo‘ynidan g‘azab bilan ushlab oldi, so‘ngra jamoadoshini himoya qilmoqchi bo‘lgan yarimhimoyachi Gaviga tashlandi.
«Maydonda o‘zingizni xavfsiz his qilishni istaysiz. Shu sababli jazo shunchalik jiddiy bo‘lishi kerakki, ortiq hech bir futbolchi bunday ish qilmasin.
Futbolda nima bo‘lmasin, mag‘lubiyatdan g‘azablanishingiz mumkin, ammo o‘zingizni munosib tutishingiz zarur. Agar mushtlashmoqchi bo‘lsang, buning uchun joylar bor, lekin Garsiyaga qarshi maydonda emas. Sening 21 yoshli yigit Gaviga qilgan muomalang va uni maydonda yiqitib tashlashing... Axir u ham kimningdir o‘g‘li, ukasi. Sharmanda. Qo‘limdan kelsa, uni keyingi musobaqadan to‘liq chetlatardim. Qo‘rqoq», — deya Agbonlahor so‘zlaridan iqtibos keltirdi Goal.