JCH-2026 g'olibi bo'lgan Ispaniya milliy jamoasi Madridda tantanali ravishda kutib olindi. Chempionlar sharafiga tashkil etilgan avtobus paradida taxminan 2 million nafar muxlis ishtirok etdi.

Foto: Getty Images
Eslatib o'tamiz, Luis de la Fuente shogirdlari Jahon chempionati finalida Argentinani qo'shimcha bo'limlarda 1:0 hisobida mag'lub etib, mamlakat tarixidagi ikkinchi jahon chempionligini qo'lga kiritgandi.
Dushanba kuni jamoa Ispaniya poytaxti Madridga qaytib keldi. Dastlab futbolchilar va murabbiylar shtabi qirol Filipp VI hamda qirollik oilasi a'zolari bilan uchrashdi. Shundan so'ng ular Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches qabulida bo'ldi.

Foto: Getty Images
Rasmiy tadbirlar yakunlangach, jamoa ochiq avtobusda Madrid ko'chalari bo'ylab chempionlik paradini o'tkazdi. Bu mamlakat futboli tarixidagi eng yirik ommaviy bayramlardan biri sifatida qayd etildi.


Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi