Braziliyalik futbolchi Neymarning otasi Neymar da Silva «Santos» klubining bosh direktori lavozimini egalladi. Bu haqda klub prezidenti Marselo Teysheyra va tadbirkorning o‘zi ma’lum qildi.
Globo Esporte nashriga ko‘ra, Neymarning otasi klubning strategik rivojlanishi uchun javob beradi. Shuningdek, u yosh futbolchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi Meninos da Vila institutiga rahbarlik qiladi.
U dekabr oyigacha ushbu vazifada ishlaydi. Agar 12 dekabrdagi saylovda Teysheyra qayta prezident etib saylansa, Neymarning otasi lavozimini saqlab qoladi.
Avvalroq Neymar da Silva NR Sports kompaniyasi orqali «Santos» faoliyatida ishtirok etgan. Jumladan, «Vila Belmiro» stadionini ta’mirlash va yoshlar akademiyasi infratuzilmasini yaxshilash loyihalariga ko‘maklashgan.
Ushbu loyihalarga 8 million real, ya’ni taxminan 1,3 million yevro sarmoya kiritilgan.