Live
3
O'zbek

«Liverpul» van Deyk bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Futbol
7 noyabr, 04:40
Mersisaydliklar niderlandiyalik himoyachiga 2028-yilgacha mo‘ljallangan yangi kelishuv taklif qiladi.
«Liverpul» van Deyk bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Foto: Getty Images

«Liverpul» rahbariyati jamoa sardori Virjil van Deyk bilan shartnomani uzaytirish qaroriga keldi. TEAMtalk jurnalisti Grem Beyli xabariga ko‘ra, klub 35 yoshli markaziy himoyachiga 2028-yilgacha mo‘ljallangan yangi kelishuv taklif qilmoqchi.

Manbaga ko‘ra, Van Deyk bosh murabbiy Andoni Iraola uchun juda muhim futbolchi hisoblanadi. Tajribali himoyachini jamoada saqlab qolish tashabbusi aynan ispaniyalik mutaxassis tomonidan ilgari surilgan.

Van Deyk ushbu mavsum barcha musobaqalarda 14 ta bahsda maydonga tushdi, ammo hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

Ma’lumot uchun, niderlandiyalik futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» 8-noyabr kuni Angliya chempionati doirasida «Kristal Pelas» mehmoni bo‘ladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar