Bugun
53
O'zbek

Grinvud: «G‘alabaga ishonishdan to‘xtamadik»

Futbol
4 noyabr, 17:42
«Fenerbahche» vingeri jamoasining g‘alabasiga munosabat bildirdi.
Grinvud: «G‘alabaga ishonishdan to‘xtamadik»
Фото: Getty Images
04.11.2026 FT Chempionlar ligasi Fenerbahche Fenerbahche 3 : 2 Liverpul Liverpul

«Fenerbahche» vingeri Meyson Grinvud Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turidan o‘rin olgan «Liverpul»ga (3:2) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Jamoamiz ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq bor kuchimiz bilan kurashdik va hisobda 0:1 ortda borayotgan bo‘lsak-da, g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega bo‘lishimizga ishonishdan to‘xtamadik. Murabbiylar shtabi, futbolchilar va bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman. Qo‘lga kiritilgan g‘alabadan juda xursandmiz.

O‘yindan oldin nima haqida gaplashdik? Barchamiz birgalikda sabr qilishimiz va qiyinchiliklarga dosh berishimiz kerakligini ta’kidladik. Chunki «Liverpul» Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri, uning tarkibida yuqori saviyali futbolchilar to‘p tepishadi.

Biz past himoya chizig‘ida ishonchli harakat qila olsak, raqibni qarshi hujumlarda jazolash orqali xavfli vaziyatlar yaratishimiz mumkinligini anglab yetgandik. Shuningdek, havodagi kurashlarda ham ustunlikka erishishimiz va gol urish uchun imkoniyatlarimiz bo‘lishini bilardik. Bu vaziyatlardan unumli foydalandik va g‘alaba qozondik», — deya Grinvudning so‘zlarini BBC nashri keltirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fenerbahche Fenerbahche
  • Liverpul Liverpul
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar