Live
3
O'zbek

Enso Fernandes JCh finalidagi qizil kartochkadan so‘ng muxlislarga murojaat qildi

Futbol
21 iyul, 07:00
Argentina yarimhimoyachisi mag‘lubiyat va maydondan chetlatilganidan keyin hissiyotlarga boy bayonot e'lon qildi.
Enso Fernandes JCh finalidagi qizil kartochkadan so‘ng muxlislarga murojaat qildi
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Enso Fernandes JCh-2026 finalida Ispaniyaga qarshi bahsda maydondan chetlatilgach, ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislarga murojaat qildi.

Eslatib o‘tamiz, finalning 90+3-daqiqasida «Chelsi» futbolchisi Pau Kubarsiga nisbatan qo‘pol harakati uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etgandi. Oradan ko‘p o‘tmay, Ferran Torres qo‘shimcha bo‘limda yagona golni urdi va Ispaniya 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, jahon chempioniga aylandi.

Finaldan bir kun o‘tib, Fernandes Instagram sahifasida quyidagi murojaatini e'lon qildi:

«Vaqt o‘tishi bilan natijadan ham muhimroq narsalar borligini tushunasan. Bu jamoa yillar davomida mamlakatimizni munosib himoya qilib kelmoqda. Ular bizga raqobat faqat g‘alaba qozonish emas, balki futbolka uchun oxirigacha kurashish va hech qachon taslim bo‘lmaslik ekanini o‘rgatdi. Har doim xarakter ko‘rsatgan, eng yuqori darajada raqobatlashgan va bu ranglarni g‘urur, kamtarlik hamda fidoyilik bilan himoya qilgan jamoaning bir qismi bo‘lish men uchun sharaf.»

Shuningdek, yarimhimoyachi mundial davomida jamoani qo‘llab-quvvatlagan argentinalik muxlislarga alohida minnatdorlik bildirdi.

«Barcha argentinalik muxlislarga rahmat. Har bir bahsda bizni qo‘llab-quvvatlaganingiz, mehringiz va cheksiz ishonchingiz uchun minnatdorman. Sizlar tufayli dunyoning qayerida bo‘lmaylik, o‘zimizni uyimizdagidek his qilamiz.»

So‘ngida Fernandes Argentina sharafini himoya qilish faoliyatidagi eng katta faxr ekanini ta'kidladi.

«Mamlakatim libosini kiyish — faoliyatimdagi eng katta sharaf. Uni himoya qilish imkoniyati bo‘lgan har safar bor kuchimni berishda davom etaman.»

Qayd etish joiz, FIFA final hushtagidan keyin yuzaga kelgan tartibsizliklar va ayrim futbolchilarning xatti-harakatlari yuzasidan tekshiruv boshlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar