Live
3
O'zbek

Paredes: «Tarixdagi eng yaxshi Argentina milliy jamoasi tarkibida to‘p tepish ulkan sharaf»

Futbol
21 iyul, 05:01
Argentinalik yarimhimoyachi milliy jamoaning yakuniga yetgan mundialdagi ishtiroki haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
Paredes: «Tarixdagi eng yaxshi Argentina milliy jamoasi tarkibida to‘p tepish ulkan sharaf»
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

Argentina milliy jamoasi xavbeki Leandro Paredes ijtimoiy tarmoqlar orqali «albiseleste»ning yakuniga yetgan mundialdagi ishtiroki borasida fikr bildirdi.

«Minnatdorman, Argentina. Abadiy muhabbat. Ushbu jamoaga aloqador bo‘lgan har bir kishiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Argentina tarixidagi eng yaxshi milliy jamoada o‘ynash men uchun katta faxr edi», - dedi yarimhimoyachi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina jahon chempionati finalida Ispaniyaga qo‘shimcha bo‘limlarda imkoniyatni boy berdi (0:1). Yagona golga hujumchi Ferran Torres mualliflik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar