Live
4
O'zbek

«Chelsi» yozda 11 nafar futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin

Futbol
21 iyul, 09:38
London klubi bir qator futbolchilar uchun transfer narxlarini belgilab qo‘ygan.
«Chelsi» yozda 11 nafar futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin
Foto: Getty Images

«Chelsi» yozgi transfer oynasida 11 nafar futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.

The Athletic xabariga ko‘ra, London klubi sotilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar uchun transfer narxlarini belgilab chiqqan.

Klub «Aston Villa» qiziqish bildirayotgan hujumchi Nikolas Jeksonni 65 million funt sterling evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Shuningdek, hujumchilar Mark Giu va Liam Delap ham jamoani tark etishi mumkin. Ispaniyalik futbolchi uchun 25 million funt talab qilinmoqda, Delap bo‘yicha esa yakuniy narx hali belgilanmagan.

Bundan tashqari, «Chelsi» Alehandro Garnachoni 50 million funt, Benua Badiashil, Aksel Disasi, Filip Yorgensen, Gabriel Slonina va Trevo Chalobani esa 35 million funt sterling evaziga sotishga tayyor.

Manbaga ko‘ra, klub Enso Fernandes bo‘yicha 120 million funt, Malo Gyusto uchun esa 75 million funt sterling miqdorida taklif tushsa, ularni ham transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar