"Chelsi" klubi "Aston Villa" yarimhimoyachisi Morgan Rojers transferini rasmiy yakunladi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Angliyalik futbolchi londonliklar bilan 6 yillik shartnoma imzoladi. Bitim shartlariga ko'ra, klub futbolchi bilan hamkorlikni 2033 yilning iyuniga qadar uzaytirish imkonini beruvchi opsiyaga ham ega.
Qayd etilishicha, transfer summasi 117 million funt sterlingni tashkil qildi.
E'tiborli jihati, "Chelsi" ushbu mablag'ni hech qanday bonuslarsiz, to'liq kafolatlangan to'lov sifatida "Aston Villa"ga to'laydi.
Shu tariqa, Morgan Rojers yozgi transferlar oynasining eng qimmat xaridlaridan biriga aylandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi