"Aston Villa" "Vulverhempton"dan Joao Gomesni transfer qilganini e'lon qildi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, kelishuv qiymati 35 million funtni tashkil etgan.
"Braziliyalik yarimhimoyachi "Vulverhempton"dan to'liq transfer asosida jamoamizga o'tmoqda.
U "Flamengo" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kattalar futbolidagi debyutini o'smirlik davrida amalga oshirgan va keyinchalik Libertadores kubogini qo'lga kiritgan.
25 yoshli yarimhimoyachining "Vulverhempton" safida 130 ta, Braziliya milliy jamoasi uchun esa 10 ta o'yini bor", — deyiladi "Aston Villa" bayonotida.
Avvalroq Gomesni o'z safiga qo'shib olishga "Atletiko" yaqin ekani haqida xabar berilgan, ammo madridliklar agent Jorje Mendeshning harakatlaridan norozi bo'lib transferdan voz kechgan edi. Futbolchiga shuningdek "Manchester Yunayted" va "Liverpul" klublari ham qiziqish bildirgan edi.
O'tgan mavsumda Gomes APLda 35 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va yana 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Aston Villa" Joao Gomes transferini e'lon qildi
Futbol
20 iyul, 09:30
Braziliyalik yarimhimoyachi APLda o'ynashda davom etadi.
Foto: Aston Villa