«Manchester Yunayted» Taynen Tompson bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
18 yoshli vinger «Tottenhem»dan transfer qilindi.
The Athletic ma'lumotlariga ko'ra, kelishuv qiymati 4 million funtni tashkil etdi. Shuningdek, mankunianliklar yana 4 million funt bonuslar to'lashi mumkin. Bundan tashqari, «taqachilar» futbolchining keyingi sotuvdan 15 foiz ulush oladi.
Tompson «Tottenhem»ning U-21 jamoasi tarkibida 19 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urg'an. U-18 jamoasi uchun esa 29 marta maydonga tushib, 10 bor to'p kiritgan. U London klubining asosiy jamoasida o'ynamagandi.
Shuningdek, Tompson Angliya U-18 jamoasi safida 7 ta o'yin o'tkazgan.
«MYU» «Tottenhem»ning 18 yoshli vingerini sotib oldi
Futbol
20 iyul, 08:20
Futbolchi Angliya U-18 jamoasi a'zosi ham sanaladi.
Foto: Manchester United