«Fulhem» yarimhimoyachisi Sander Berge yozgi transferlar oynasida «Manchester Yunayted» safiga o'tishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, «qizil iblislar» norvegiyalik 28 yoshli futbolchini markaziy chiziqni kuchaytirish bo'yicha ustuvor nomzodlardan biri sifatida belgilagan.
Qayd etilishicha, mankunianliklar rahbariyati Bergening transferi taxminan 47 million yevrodan kam mablag' evaziga amalga oshishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Biroq klublar o'rtasida rasmiy muzokaralar hali boshlanganicha yo'q.
Sanderning «Fulhem» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 25 million yevro deb baholagan.