Bugun
1
O'zbek

Skaloni: «Maydonda bor kuchimizni berdik»

Futbol
19 iyul, 22:30
Argentina bosh murabbiyi Ispaniyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Skaloni: «Maydonda bor kuchimizni berdik»
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni 2026 yilgi jahon chempionati finalida Ispaniyaga qarshi o‘yin (0:1)dan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hozir men qayg‘udaman, ammo eng avvalo, yigitlarga cheksiz minnatdorlik bildirmoqchiman. Chunki bu bosqichgacha yetib kelish juda katta mehnat talab qildi.

Biz g‘alaba qozonganimizda qanday munosib bo‘lsak, mag‘lubiyatni ham shunday munosib qabul qilishimiz kerak. Biz nimaga erishganimizni esdan chiqarmaymiz.

Maydonda bor kuchimizni berdik. Biz kutmagan holda muhim pozitsiyalarda jarohatlarga duch keldik. Futbolchilar juda qattiq charchashdi, ular maydonda so‘nggi kuchlarini ham ishga solishdi», — dedi Skaloni o‘yindan keyin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

75+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar