"Beshiktosh" klubi "Yuventus"ning sobiq hujumchisi Dushan Vlahovichning transferi bo‘yicha muzokaralarga aniq muddat belgilamoqchi. Bu haqda Medya Siyah Beyaz xabar bermoqda.
Serbiyalik hujumchi hozirda erkin agentga aylangan. Turkiya klubi rahbariyati esa futbolchining javobini uzoq kutishdan norozi bo‘lib, bu holat jamoaning transfer rejalariga salbiy ta'sir ko‘rsatayotganini hisoblamoqda.
Manbaga ko‘ra, italiyaning matbuotida Vlahovich va uning atrofidagilar Evropaning top klublaridan taklif kutayotgani haqidagi xabarlar "Beshiktosh" rahbariyatining noroziligini yanada kuchaytirgan.
Shu bois, Istanbul klubi yaqin kunlarda hujumchiga taklif bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish uchun oxirgi muddat belgilashi mumkin.
O‘tgan mavsumda Dushan 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.