Bugun
18
O'zbek

«Beshiktosh» Salohga 1+1 shartnoma bo‘yicha 12 mln yevro maosh taklif qilgan

Futbol
17 iyul, 09:04
«Liverpul» klubi sobiq hujumchisi turk klubi vakillari bilan ilk uchrashuvlarni o‘tkazdi.
«Beshiktosh» Salohga 1+1 shartnoma bo‘yicha 12 mln yevro maosh taklif qilgan
Foto: Getty Images

Bu haqda A Spor nashri o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida xabar bergan.

Angliyaning «Liverpul» klubi sobiq futbolchisi Muhammad Saloh «Beshiktosh» bilan ilk uchrashuvni o‘tkazdi. Aytilishicha, barchasi ijobiy ruhda o‘tgan. Turk klubi 34 yoshli misrlikka yana 1-yilga uzaytirish imkoniyati bilan 1-yillik shartnoma taklif qilgan. Yillik maosh — 12 mln yevro.

Avvalroq Saloh 2025-yilda yangi bitim imzolaganidan so‘ng «Liverpul» tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylangani xabar berilgandi. Misrlik futbolchining yillik maoshi 20,8 mln funt (24,5 mln yevro)ni tashkil qilgan.

41 o‘yinda 12 ta gol va 10 ta assist bilan o‘tgan mavsumni yakunlagan Saloh ingliz klubini tark etdi.

Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 22 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Besiktas Besiktas
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar