"Arsenal" vingeri Leandro Trossar faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishga rozilik berdi. Bu haqda taniqli insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, belgiyalik 31 yoshli futbolchi "Beshiktosh"ga o'tishga rozilik bergan. Futbolchi tez orada Istanbulga yetib borib, tibbiy ko'rikdan o'tishi va yangi klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Avvalroq "Beshiktosh" o'tgan hafta yoq Trossar bo'yicha "Arsenal" bilan transfer bo'yicha kelishuvga erishgan edi. Bitim qiymati 18 million yevro kafolatlangan to'lov va qo'shimcha 2 million yevro bonuslardan iborat bo'ladi.