«Fiorentina» rahbariyati darvozabon David De Xeani jamoaning asosiy darvozaboni sifatida saqlab qolishga qaror qildi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.
Avvalroq ispaniyalik 35 yoshli posbonning mavsum uchun 3 million yevro maosh olishi sababli klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq «binafsharanglar» tajribali darvozabonga ishonch bildirishda davom etadi.
De Xeaning «Fiorentina» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, shulardan 13 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. «Fiorentina» esa A Seriyada 15-o‘rinni egalladi.