Live
2
O'zbek

«Fiorentina» APLdan yana bir himoyachi transferini yakunlamoqda

Futbol
11 iyul, 13:59
«Bornmut» futbolchisi Aleks Ximenes «binafsharanglilar» safiga ijara asosida qo'shiladi.
«Fiorentina» APLdan yana bir himoyachi transferini yakunlamoqda
Foto: Getty Images

«Bornmut» himoyachisi Aleks Ximenes faoliyatini «Fiorentina»da davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

«Barcha hujjatlar imzolandi. Ijara puli va futbolchining maoshi «Fiorentina» tomonidan qoplanadi. Shartnomada 20 million yevrolik sotib olish opsiyasi mavjud. Tibbiy ko'rik ham muvaffaqiyatli yakunlandi. Fabio Grosso o'z jamoasi uchun yangi o'ng qanot himoyachisiga ega bo'ldi», — deb yozdi Romano.

Eslatib o'tamiz, Aleks Ximenes bir necha oy avval noxush voqea sabab «Bornmut» tomonidan vaqtincha jamoadan chetlatilgandi.

«Bornmut» ispaniyalik futbolchini o'tgan yili «Milan»dan 18 million yevro evaziga sotib olgan. O'ng qanot himoyachisi Madridning «Real» klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Qayd etish joiz, bu «Fiorentina»ning ushbu transfer oynasida Angliya Premer-ligasidan amalga oshirayotgan ikkinchi himoyachi transferi bo'ladi. Avvalroq Florensiya klubi «Tottenhem»dan Radu Dregushinni o'z safiga qo'shib olgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fiorentina Fiorentina
Bugungi yangiliklar