Shvetsiya futbolining afsonasi Zlatan Ibrahimovich Belgiya milliy jamoasi murabbiylar shtabi va darvozabon Senne Lammensni keskin tanqid qildi.
«Menimcha, bu mag'lubiyat uchun bosh murabbiy javobgar. Aynan shu qaror Belgiya uchun qimmatga tushdi. Nega Kurtua o'rniga «Manchester Yunayted» darvozaboni Lammens tushirildi, Mayk Penders esa zaxirada qoldirildi? Lammens «Manchester Yunayted»da, Penders esa «Strasbur»da o'ynagani uchunmi?
Lammens bu daraja uchun yetarli darvozabon emas. Uning imkoniyatlari ortiqcha baholangan. Penders undan ancha kuchli va buni hamma ko'rib turibdi.
Bu vaziyat juda yomon boshqarildi. Bu sharmandalik. Milliy jamoa bosh murabbiyi va darvozabonlar murabbiyi, sizlarga uyat», — dedi Ibrahimovich Fox Sports efirida.
Eslatib o'tamiz, uchrashuvning 71-daqiqasida Belgiya asosiy darvozaboni Tibo Kurtua jarohat oldi va uning o'rniga Lammens maydonga tushirildi.