Live
1
O'zbek

Ten Hag Niderlandiya milliy jamoasini boshqarishdan bosh tortdi

Futbol
11 iyul, 15:46
Erik «Twente» klubidagi faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan.
Ten Hag Niderlandiya milliy jamoasini boshqarishdan bosh tortdi
Фото: Getty Images

«Twente» texnik direktori Erik ten Hag yaqin ikki yil ichida Niderlandiya milliy jamoasini boshqarish niyati yo'qligini ma'lum qildi.

«Apelsinlar» Ronald Kuman iste'foga chiqqanidan so'ng yangi murabbiy izlamoqda. Biroq ten Hag o'zining tayinlanishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlarni inkor etdi.

«Yaqin ikki yil ichida meni taklif qila olishmaydi. Men shunday qarorga keldim va bu anglab qilingan tanlovdir. Hamma narsani atroflicha o'ylab ko'rdim. «Twente»ning yanada oldinga harakat qilishi uchun yordam berish uchun kelganman va bor e'tiborimni shu ishga qaratganman», — dedi ten Hag RTV Oost telekanaliga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Niderlandiya Niderlandiya
Bugungi yangiliklar