Afsonaviy sobiq himoyachi Paolo Maldini Italiya futbol federatsiyasi (FIGC)ning yangi texnik direktori etib tayinlandi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti orqali ma'lum qildi.
Maldinining yordamchisi sifatida sobiq futbolchi, skaut, murabbiy va «rossoneri»ning texnik direktori bo'lib ishlagan Leonardo faoliyat yuritadi.
Eslatib o'tamiz, Italiya milliy jamoasi JCH-2026 yo'llanmasi uchun o'tkazilgan pley-off finalida Bosniyaga mag'lub bo'lgan edi. Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan keyin bosh murabbiy Jennaro Gattuzo o'z lavozimini tark etdi.
Italiyaliklar so'nggi marta 2014 yildagi jahon chempionatida ishtirok etgan bo'lib, o'shanda guruh bosqichidayoq musobaqani tark etgan edi.
Italiya jahon chempionatini to'rt marta — 1934, 1938, 1982 va 2006 yillarda qo'lga kiritgan.