Bugun
2
O'zbek

Mundiallardagi eng sovrindor 3 jamoasi JCh-2026 chorakfinaliga yetib kelolmadi

Futbol
6 iyul, 05:50
Ulardan biri Italiya umuman turnirga chiqolmagan.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Mundiallardagi eng sovrindor 3 jamoasi JCh-2026 chorakfinaliga yetib kelolmadi
Foto: Getty Images

2026 yildagi Jahon chempionatining chorakfinalida eng ko'p chempionlikka ega milliy jamoalar ishtirok etmaydi.

Braziliya 1/8 final bahsida Norvegiyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Janubiy Amerika vakillari mundiallar tarixidagi eng sovrindor jamoa bo'lib, ular hisobida beshta chempionlik bor (1958, 1962, 1970, 1994, 2002).

Avalroq to'rt karra jahon chempioni bo'lgan Germaniya 1/16 finalda Paragvayga (1:1, penaltilar seriyasi — 3:4) yutqazib, musobaqa bilan hayrlashgandi. Nemislar 1954, 1974, 1990 va 2014 yillarda tengsiz jamoa bo'lgan.

To'rt marta jahon chempionlaridan yana biri Italiya milliy jamoasi (1934, 1938, 1982, 2006) esa umuman musobaqaga yo'llanma ololmagandi. Ular ketma-ket uchinchi mundialni o'tkazib yubormoqda.

Shuningdek, ikki karra jahon chempioni Urugvay (1930, 1950) ushbu turnirda guruh bosqichidan chiqolmadi. Uch karra jahon chempioni Argentina (1978, 1986, 2022) esa hamon bosh sovrin uchun kurashni davom ettirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Italiya Italiya
  • Germaniya Germaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar