"Liverpul" va Angliya milliy jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Stiven Jerrard klub tarixidagi eng buyuk futbolchi deb e'tirof etildi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar berdi.
134 yillik tarix davomidagi statistika tahlil qilinib, muxlislarning 1,35 milliondan ortiq ovozi hamda "Liverpul" afsonalarining fikrlari inobatga olingan holda Stiven Jerrard klub tarixidagi eng buyuk futbolchi sifatida tanlandi.
Reyting futbolchilarning mahorati, o'yinga ko'rsatgan ta'siri, klubda qoldirgan merosi va "Enfild"dagi faoliyati davomidagi yutuqlari asosida shakllantirildi.
Ma'lumot o'rnida, Jerrard 2015 yil may oyida futbolchi sifatida "Liverpul" bilan xayrlashgan. U klub safida 186 ta gol urg'an va jamoa tarixida 700 tadan ortiq o'yin o'tkazgan atigi 3 nafar futbolchidan biri hisoblanadi.