Neymar 2026 yilgi Jahon chempionati 1/8 finalida Norvegiyadan (1:2) uchralgan magʻlubiyatdan soʻng Braziliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Bellashuv Nyu-Yorkdagi «Metlayf Stadion»da bo'lib o'tdi. Aynan shu arenada Neymar 2010 yilda AQShga qarshi o'rtoqlik o'yinida Braziliya safida debyut qilgandi.
34 yoshli futbolchi faoliyatidagi to'rtinchi Jahon chempionatida qatnashdi va yana g'olib bo'lolmadi.
«Jahon chempionatini yutishga harakat qildim, harakat qildim. Ammo endi hammasi tugadi. Men shu stadionda boshlaganman, shu yerda yakunlayman», — dedi Neymar.
Neymar Braziliya uchun 130 o'yinda 80 ta gol urgani va 58 ta golli uzatma bergani bilan milliy jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi.
Hujumchi «pentakampeonlar» bilan 2013 yilda Konfederatsiyalar kubogini qo'lga kiritgan, 2016 yilda esa Olimpiada chempioni bo'lgan.
Neymar Braziliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi
Futbol
5 iyul, 19:29
34 yoshli futbolchi «pentakampeonlar» safidagi faoliyatini aynan debyutini o'tkazgan stadionda tugatdi.
Foto: Getty Images
05.07.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Braziliya
1
:
2
Norvegiya