Live
1
O'zbek

Kolumbiya hujumchisi Kordoba uchun Jahon chempionati yakunlandi

Futbol
5 iyul, 18:00
33 yoshli futbolchi qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Kolumbiya hujumchisi Kordoba uchun Jahon chempionati yakunlandi
Foto: Getty Images
03.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Kolumbiya Kolumbiya 1 : 0 Gana Gana

«Krasnodar» klubi va Kolumbiya milliy jamoasi hujumchisi Jon Kordoba Ganaga (1:0) qarshi 1/16 final bosqichi bahsida olgan jarohati sabab Jahon chempionatida boshqa o'ynay olmaydi. Bu haqda kolumbiyalik insayder Pipe Sierra xabar berdi.

Afrika jamoasiga qarshi o'yinda 33 yoshli hujumchi jarohat olgani uchun bellashuvning 8-daqiqasida almashtirilgan, uning o'rniga «Sporting» hujumchisi Luis Suares maydonga tushgandi.

Sierraning ma'lumotiga ko'ra, Jon son mushaklaridan olgan jarohati tufayli 4 haftaga safdan chiqqan.

Kordoba mundialda 3 ta o'yinda ishtirok etdi, ammo gol urmadi va golli uzatma ham amalga oshirmadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Gana Gana
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar