Gana milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Jahon chempionati ishtirokchilari sonining 48 taga oshirilishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Bunday miqdordagi ishtirokchilar Jahon chempionatini oddiy musobaqaga aylantirib qo‘yishi mumkin. Mundialda ishtirok etish doim noyob sharaf bo‘lgan va uning qadr-qimmati ham shunda edi. Bu mening shaxsiy fikrim. Ammo bugungi futbolda asosiy o‘rinni pul egallab turibdi», — dedi Keyrush ESPN nashriga.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mutaxassis boshchiligidagi Gana milliy jamoasi JCH-2026 guruh bosqichini L guruhida uchinchi o‘rinda yakunlab, eng yaxshi uchinchi o‘rin egalari qatorida pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ganaliklar guruh bosqichida Panamani mag‘lub etdi, Angliya bilan durang o‘ynadi va Xorvatiyaga imkoniyatni boy berdi.
1/16 finalda Gana K guruhi g‘olibi Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.