Braziliya milliy jamoasi Jahon chempionatida toʻpga egalik qilish boʻyicha antirekord qayd etdi.
“Pentakampeonlar” 2026 yilgi mundial 1/8 final bosqichida Norvegiyaga 1:2 hisobida magʻlub boʻlib, musobaqani tark etdi.
Bu oʻyinda Karlo Anchelotti jamoasi faqat 34% vaqt davomida toʻpni nazorat qilgan boʻlib, bu 1966 yildan — statistika yuritila boshlanganidan beri Jahon chempionatlarida Braziliyaning eng past koʻrsatkichi hisoblanadi.
Avvalgi antirekord 1998 yilgi mundialda Niderlandiyaga qarshi oʻyinda qayd etilgan boʻlib, oʻshanda Braziliya 40% toʻpga egalik qilgandi.
Braziliya Norvegiya bilan oʻyinda toʻpga egalik qilish boʻyicha JChdagi antirekordini qayd etdi
Futbol
5 iyul, 20:15
Anchelotti jamoasi atigi 34% vaqt davomida toʻp bilan muomala qildi. Natijada 1998 yildagi antirekord yangilandi.
Foto: Getty Images
05.07.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Braziliya
1
:
2
Norvegiya