Belgiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya JCh-2026 1/8 finali oldidan AQShga qarshi o‘yin oldidan raqib hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasi kechiktirilganiga kinoyali fikr bildirdi.
«Men 5 iyul sanasi ushbu jahon chempionatida xuddi 1 aprel kabi hazil kuni ekanini bilmasdim. Bu — men uchun yangilik.
Belgiya futbol federatsiyasining bayonoti ko‘p jihatdan bizning fikr va qarashlarimizni aks ettiradi. Biz na milliy jamoani, na federatsiyani himoya qilyapmiz. Biz futbolni, uning etikasi va halolligini himoya qilyapmiz. Bunday qaror Jahon chempionatlari tarixida ilk bor qabul qilindi.
Men bosh murabbiyman. AQSh milliy jamoasi safida kimlar asosiy tarkibda maydonga tushishidan qat'i nazar, e'tiborimni faqat o‘z jamoamga va bo‘lajak bahsga qarataman. Asosiy maqsadimiz — g‘alaba qozonib, chorakfinalga yo‘l olish», — deya Garsiyaning so‘zlarini keltiradi Endryu Jones.
Garsiya Balogunning diskvalifikatsiyasi kechiktirilgani haqida: "JChda 5 iyul sanasi 1 aprel kabi hazil kuni ekanini bilmasdim"
Futbol
5 iyul, 19:55
Belgiya bosh murabbiyi AQSh hujumchisining diskvalifikatsiyasi kechiktirilganiga kinoyali fikr bildirdi.
Foto: Getty Images
06.07.2026, 20:00
Jahon chempionati (JCH-2026)
AQSH
-
:
-
Belgiya