Live
1
O'zbek

Balogun Belgiyaga qarshi bahsda maydonga tushadi

Futbol
5 iyul, 13:25
FIFA AQSH hujumchisining avtomatik diskvalifikatsiyasini vaqtincha to‘xtatdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Balogun Belgiyaga qarshi bahsda maydonga tushadi
Foto: Getty Images
06.07.2026, 20:00 Jahon chempionati (JCH-2026) AQSH AQSH - : - Belgiya Belgiya

FIFA Intizom qo‘mitasi AQSH milliy jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning bir o‘yinlik avtomatik diskvalifikatsiyasini vaqtincha to‘xtatib turish haqida qaror qabul qildi.

Shu tariqa, 24 yoshli hujumchi JCH-2026 1/8 finalida Belgiya milliy jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushish huquqiga ega bo‘ldi.

FIFA rasmiy bayonotida shunday deyiladi:

«Intizom kodeksining 27-moddasiga muvofiq, AQSH milliy jamoasi futbolchisi Folarin Balogunga nisbatan qo‘llangan avtomatik diskvalifikatsiya ijrosi bir yil muddatga sinov tariqasida to‘xtatib turildi».

Eslatib o‘tamiz, Balogun JCH-2026 1/16 finalida Bosniya va Hersegovina milliy jamoasiga qarshi bahsda (2:0) qizil kartochka olgandi. Avvalroq OAVda u Tarik Muharemovichning to‘pig‘iga tepgan vaziyat uchun bir necha o‘yinga chetlatilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma'lumot uchun, AQSH — Belgiya uchrashuvi 7 iyul kuni JCH-2026 1/8 finali doirasida bo‘lib o‘tadi. G‘olib jamoa chorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AQSH AQSH
  • Belgiya Belgiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar