Madridning «Real» klubi futbolchilari JCH-2026da o‘z milliy jamoalari safida eng ko‘p golga hissa qo‘shgan futbolchilar bo‘lib turibdi.
Opta Analyst ma'lumotiga ko‘ra, «qirollik klubi» futbolchilari turnir davomida jami 24 ta gol ishtiroki (gol va assist) qayd etgan va bu borada barcha klublar orasida yetakchilik qilmoqda.
Ushbu reytingning keyingi o‘rinlarini «Liverpul» (19), «Bavariya» (18), «PSJ» (18) va «Arsenal» (17) futbolchilari egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda hamda musobaqa 19 iyul kuni final bahsi bilan yakunlanadi.
Ma'lumot uchun, amaldagi jahon chempioni Argentina milliy jamoasi hisoblanadi. Argentinaliklar 2022 yilgi mundial finalida Fransiya milliy jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.