Live
5
O'zbek

Rasman: «Real» Dumfris transferini e’lon qildi

Futbol
5 iyul, 06:37
Madrid klubi o‘zining rasmiy veb-saytida o‘ng qanot himoyachisining transferi haqida e’lon qildi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Rasman: «Real» Dumfris transferini e’lon qildi
Foto: Gettyimages

Madridning «Real» klubi o‘zining rasmiy sayti orqali «Inter»dan o‘ng qanot himoyachisi Denzel Dumfrisning transferi amalga oshirilgani haqida e’lon qildi. Klub niderlandiyalik futbolchi bilan 2030-yil 30-iyungacha shartnoma imzoladi.

Avvalroq OAV xabar berishicha, «qaymoqranglilar» 30 yoshli o‘yinchi uchun 20 mln yevro to‘laydilar.

Ma’lumot uchun, Dumfris 2021-yil yozidan beri «Inter» safida o‘ynab keladi. Ushbu davr mobaynida himoyachi barcha musobaqalarda 207 ta o‘yinda ishtirok etib, 27 ta gol urgan va 28 ta samarali uzatma amalga oshirgan. «Neradzurri» safida Dumfris 2 marta Italiya chempioni va 3 marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan.

Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 25 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar