Live
1
O'zbek

"MYu" Vinisius uchun 120 mln yevro taklif qilishga tayyor

Futbol
3 iyul, 14:15
Kerrik braziliyalik futbolchini asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
"MYu" Vinisius uchun 120 mln yevro taklif qilishga tayyor
Foto: Getty Images

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik "Real" futbolchisi Vinisius Juniorni jamoaning asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, "qizil iblislar" taxminan 137 million AQSH dollari (120 million yevro) miqdorida rasmiy taklif tayyorlagan va uni yaqin haftalar ichida "qaymoqranglilar"ga yuborishi mumkin.

Hozircha Vinisius 2027 yil yoziga qadar amal qiladigan shartnomasini uzaytirish borasida "Real" bilan kelishuvga erisha olmagan.

Ta'kidlanishicha, klub rahbariyati braziliyalik hujumchining maoshini Kilian Mbappeniki kabi bo'lishi haqidagi talabini qondirishga tayyor emas. Avvalroq "Real" Vinisius, Mbappe va Bellinghem borasida bir qarorga kelgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar