Bugun
9
O'zbek

«Nyukasl» Kamavinga transferiga ishonmoqda

Futbol
2 iyul, 03:55
Angliya klubi fransiyalik yarimhimoyachini yozda o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Nyukasl» Kamavinga transferiga ishonmoqda
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Eduardo Kamavinga faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Ignasio Sanchesning xabariga ko‘ra, «Nyukasl» 23 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Qarg‘alar» Kamavingaga hozirgisidan yuqoriroq maosh taklif qilishga tayyor va bu uning Madrid klubini tark etishiga turtki bo‘lishi mumkin.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, «Nyukasl» rahbariyati ushbu transfer muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Eduardo Kamavinga 2021 yilda «Renn»dan «Real»ga 31 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan.

Ma'lumot uchun, 2025/26 yilgi mavsumda Kamavinga «Real» safida barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar