«Nyukasl» «Hoffenhaym» vingeri Bazumana Tureni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, Angliya klubi transfer uchun 50 million yevrolik paket bo‘yicha «Hoffenhaym» va futbolchining vakillari bilan to‘liq kelishuvga erishgan. Bugun rasmiy taklif yuborilgan va bitim yakunlangan.
Manbaga ko‘ra, ivuarlik futbolchi shu hafta «Nyukasl» bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, Bazumana Ture so‘nggi mavsumdagi yorqin o‘yinlari orqali Yevropaning bir qator top-klublari e'tiborini tortgandi.
Ma'lumot uchun, 50 million yevrolik transfer «Nyukasl»ning yozgi transfer oynasidagi eng yirik xaridlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.