Angliya milliy jamoasi vitse-sardori Deklan Rays JCH-2026 1/16 finalida Kongo DR ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«30 darajali issiqda o‘ynaganingizda shunday bo‘ladi. Juda og‘ir bahs kechdi. Bor kuchimizni berdik va jismonan ancha charchadik. Endi tiklanishimiz va keyingi o‘yinga tayyorlanishimiz kerak.
O‘zimni yaxshi his qilyapman, hech qanday muammo yo‘q.
Bu pley-off bahsi edi. Raqib qiyin guruhdan chiqdi, shuning uchun oson o‘yin kutmagandik. Hech bir jamoani mensimaslik kerak. Har qanday raqib jazolashi mumkin va bugun ular buni ko‘rsatdi. Shunga qaramay, bizda ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi.
Ularning darvozabonini ham alohida e'tirof etish kerak. U ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. Harri Keyn haqida esa bitta gap aytaman: unga imkon bersangiz, bu gol degani. Men buni juda ko‘p bor ko‘rganman. U urayotgan gollar va buni qanday amalga oshirayotgani hayratlanarli. Bir mavsumdagi 72 ta gol — bu aql bovar qilmaydigan natija. Men unga faqat tahsin ayta olaman.
Turnir davomida yanada kuchayib boramiz. Bugun ham raqib besh himoyachi bilan o‘ynaydi deb o‘ylagandik, ammo ular to‘rt himoyachi bilan tushdi va ochiqroq futbol namoyish etdi. Natijada bizda hujumlar va zarbalar soni ko‘paydi», — dedi Rays FIFA rasmiy saytiga.
Eslatib o‘tamiz, Angliya miliy jamoasi JCH-2026 1/8 finalida 6 iyul kuni Meksikaga qarshi maydonga tushadi.
Ma'lumot uchun, Harri Keyn Kongo DRga qarshi uchrashuvda dubl qayd etib, jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.