Belgiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Yuri Tilemans JCH-2026 1/16 finalida Senegalga qarshi bahsda (3:2) tarixiy rekord qayd etdi.
MisterChip ma'lumotiga ko‘ra, Tilemans penaltidan 124-daqiqa 43-soniyada gol urib, Jahon chempionatlari tarixidagi eng kech kiritilgan gol muallifiga aylandi.
Avvalgi rekord 2014 yilgi mundialda Jazoir futbolchisi Abdelmalek Jabu tomonidan o‘rnatilgan bo‘lib, u Germaniyaga qarshi bahsning 120-daqiqa 49-soniyasida gol urgandi.
JCH tarixidagi eng kech gollar ro‘yxati:
- Yuri Tilemans (Belgiya) — Senegalga qarshi (2026) — 124:43;
- Abdelmalek Jabu (Jazoir) — Germaniyaga qarshi (2014) — 120:49;
- Alessandro Del Pyero (Italiya) — Germaniyaga qarshi (2006) — 120:13;
- Jeffri Xerst (Angliya) — Germaniyaga qarshi (1966) — 119:51;
- Devid Platt (Angliya) — Belgiyaga qarshi (1990) — 119:23.
Eslatib o‘tamiz, Belgiya milliy jamoasi 1/8 finalda AQSH — Bosniya va Hersegovina juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Ma'lumot uchun, Tilemans Senegalga qarshi bahsda dubl muallifiga aylanib, Belgiya milliy jamoasining 0:2 hisobidan kambek qilib, keyingi bosqichga chiqishida hal qiluvchi rol o‘ynadi.