"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso yana bir bor klub Xulian Alvares bilan xayrlashish niyatida emasligini ma'lum qildi.
Avvalroq Argentina milliy jamoasining 26 yoshli hujumchisi klubni tark etish istagini bildirib, shunday degandi: "Menimcha, barcha uchun eng yaxshi yo'l — transfer. Orzumni amalga oshirishni xohlayman".
Shuningdek, Alvaresga "Barselona" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Uning so'zlari biz uchun kutilmagan bo'ldi. Shuning uchun biz o'z pozitsiyamizni aniq bayon qildik: Xulian — "Atletiko" futbolchisi va bizga u bo'yicha hech qanday rasmiy taklif kelib tushmagan. Takliflar bo'lgan taqdirda ham, biz uni sotishni istamaymiz", — dedi Sereso RNE radiosi bergan intervyuda.
"Atletiko" prezidenti: "Alvaresni sotmaymiz"
Futbol
1 iyul, 19:55
Sereso argentinalik hujumchi borasida taklif tushmaganini ma'lum qildi.
Foto: Getty Images