FIFA JCH-2026 1/16 finalidan o‘rin olgan Belgiya — Senegal uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi nomini e'lon qildi.
3:2 hisobida yakunlangan bahsda Belgiya milliy jamoasi safida dubl qayd etgan Yuri Tilemans uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Rudi Garsiya shogirdlari asosiy vaqt yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganida 0:2 hisobida ortda borayotgan edi. Biroq 86 va 89-daqiqalarda urilgan gollar evaziga hisob tenglashtirildi. Qo‘shimcha bo‘limning so‘nggi daqiqalarida esa Tilemans penaltidan gol urib, Belgiyaga g‘alaba keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Belgiya milliy jamoasi JCH-2026 1/8 finalida AQSH — Bosniya va Gersegovina juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Ma'lumot uchun, Yuri Tilemans Senegalga qarshi bahsda Jahon chempionatlari tarixidagi eng kech golni ham urib, yangi rekord o‘rnatdi.