Live
1
O'zbek

O'tkir Yusupov: «Ba'zida vaqt jim turishni, sabr qilishni va yanada kuchliroq bo'lib qaytishni o'rgatadi»

Futbol
1 iyul, 15:30
Milliy jamoa posboni Jahon chempionatidagi ishtirokdan so'ng ijtimoiy tarmoqda post qoldirdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
O'tkir Yusupov: «Ba'zida vaqt jim turishni, sabr qilishni va yanada kuchliroq bo'lib qaytishni o'rgatadi»
Foto: UFA

O'zbekiston milliy jamoasi va «Navbahor» klubi darvozaboni O'tkir Yusupov o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida post qoldirdi.

«Ba'zida hayot seni sinaydi. Ba'zida esa vaqt jim turishni, sabr qilishni va yanada kuchliroq bo'lib qaytishni o'rgatadi.

Men futbolni sevaman. Bu libos, bu bayroq va O'zbekiston sharafini himoya qilish — men uchun doimo eng katta faxr va baxt!

Bugun qaerda bo'lishimdan qat'i nazar, qalbim Vatanim va milliy jamoamiz bilan. Ishonamanki, hali eng chiroyli kunlar oldinda. Mehnat hech qachon zoe ketmaydi.

Meni doimo qo'llab-quvvatlagan barcha o'zbekistonlik muxlislarga chin yurakdan rahmat aytaman. Har bir duongiz, har bir yaxshi so'zingiz menga kuch beradi.

Nasib qilsa, yanada kuchliroq, yanada tajribaliroq va yanada katta ishtiyoq bilan qaytamiz!!! Chunki bu hali yakun emas… Bu — yangi boshlanish.

Alloh O'zbekistonimizni va milliy jamoamizni o'z panohida asrasin. Ol'g'a, O'zbekiston!
»deb yozdi 35 yoshli posbon.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonni mundialga olib chiqishda katta hissa qo'shgan Yusupov Jahon chempionatida faqat Kolumbiyaga (3:1) qarshi 1-turda maydonga tushdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar