Harri Keyn JCH-2026 doirasidagi Angliya — Kongo DR bahsining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Inglizlar 1/16 final oʻyinida 75-daqiqagacha 0:1 hisobida ortda qolib, yakunda irodali gʻalabaga erishdi — 2:1. Keyn bellashuvda dubl qayd etib, jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.
«Bavariya» forvardi ushbu mundialda ikkinchi bor o'yin qahramoniga aylandi. U 1-turdan o'rin olgan Xorvatiyaga (4:2) qarshi bahsda ham eng yaxshi futbolchi sifatida e'tirof etilgandi.
Angliya 1/8 finalda 5 iyul kuni mezbon Meksikaga qarshi o'ynaydi.
Keyn Angliya — Kongo DR bahsining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi
Futbol
1 iyul, 15:20
Inglizlar hujumchisi dublga erishib, jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.
Foto: Getty Images
01.07.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Angliya
2
:
1
Kongo Demokratik Respublikasi